

"El Nacional"ning yozishicha, 37 yoshli futbolchi o'zi 2008 yildan 2012 yilgacha o'ynagan Londonning "Tottenxem" klubiga o'tishi mumkin.
Modrichda faoliyatini AQSHda davom ettirish imkoniyatlari bor edi, biroq u takliflarni rad etdi. Lukaga ko'proq APLga qaytish qiziq tuyulmoqda.
Xorvatiyalikning "qirollik klubi" bilan amaldagi bitimi joriy mavsum oxirigacha hisoblangan. U 2012 yilning avgust oyidan beri Ispaniya grandi ranglarini himoya qilib kelyapti.
Luka joriy mavsum La Liganing 10 ta o'yinida qatnashib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli pas uzatdi.



