

Ispaniyaliklar turnirning 1/8 finaliga qadar yetib borishdi va unda Marokashga penaltilar seriyasida (0:0, penaltilar bo'yicha – 0:3) yutqazdi.
"Ispaniya kamida yarim finalgacha boradi deb o'ylagandim. Ularda yaxshi jamoa va juda yaxshi murabbiy [Luis Enrike] bor edi, ammo bu futbol.
Hozirgi kunda hech kimni mag'lub etish oson emas. 100 foiz borini berish kerak va hatto shu ham hech narsani kafolatlamaydi", – dedi Modrich.



