Mitrovich penaltini ura olmagani sababini aytdi

Mirjalol Normatov
18 noya 2018, 18:41
"Fulxem" va Serbiya termasi hujumchisi Aleksandr Mitrovich Millatlar ligasi doirasida Chernogoriya termasiga qarshi o'yinda penaltidan gol ura olmadi.

"Nima uchun bunday qilganimni bilmayman. Depayning Fransiyaga qarshi o'yinda shunday qilganini ko'rib, men ham buni takrorlashga harakat qilgandim. Ammo kuchni ko'paytirib yubordim va adashdim", - dedi Mitrovich.

Oldinroq Gollandiya termasi yarim himoyachisi Memfis Depay penaltini "panenka" uslubida Fransiya darvozasini ishg'ol qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal