Mirjalol Qosimov: Hozirgi paytda ko'proq o'rtoqlik uchrashuvlari kerak

Narzulla Saydullayev
8 yanv 2014, 17:59
“Bunyodkor” – “Olmaliq” uchrashuvidan so'ng har ikkala jamoa bosh murabbiylarining o'yin haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.
Mirjalol QOSIMOV (“Bunyodkor” bosh murabbiyi):
- Mavsumlar oralig'ida safimizni bir necha futbolchilar tark etishdi. Ularni o'rnini o'z futbol maktabimizdan yetishib chiqayotgan yoshlar bilan to'ldirmoqchimiz. Shuningdek, boshqa jamoalarda o'zlarini ko'rsatgan futbolchilar ham jamoamizga taklif etilgan. Yangilarni bir jamoa sifatida jipslashtirishimiz uchun ko'proq o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazishimiz kerak. Futbolchilar tayyorgarlik jarayonini yaqinda boshlaganliklari bois bugun ikkita o'yin o'tkazdik va bo'limlarni 30 daqiqadan etib belgiladik. Keyingi haftaga yana bitta o'yin o'tkazamiz va shundan so'ng BAAga yo'l olamiz. U yerda ham 3ta nazorat uchrashuvini rejalashtirganmiz.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com