Mirjalol Qosimov: Muxlislarimizdan minnatdorman va ularni stadionga ko'proq kelishlarini so'rayman

Mirjalol Normatov
16 sen 2018, 12:41
Superliganing 23-turidan o'rin olgan “Bunyodkor” – “Buxoro” uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Mirjalol Qosimov quyidagicha fikr bildirdi:

- Qayd etilgan natijadan qoniqdim. Bugungi o'yinga to'liq tarkib bilan uncha ko'p hozirlana olmagandik. Zero aksariyat futbolchilarimiz turli yoshdagi terma jamoalarimiz ixtiyorida edi. So'nggi 3-4 kungina birgalikda mashg'ulot o'tadik. Lekin shunday bo'lsa ham yigitlar bugun muxlislarga yoqadigan o'yin namoyish etishdi. Buning uchun ulardan minnatdorman va bizni qo'llab-quvvatlagan muxlislarimizga ham rahmat aytaman. Ulardan stadionga ko'proq kelishlarini so'rab qolgan bo'lardim, - dedi mutaxassis.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: pfl.uz