Mirjalol Qosimov: "Haqli ravishda g'alaba qozondik"

Mirjalol Normatov
15 sen 2021
Superliganing 18-turidan o'rin olgan AGMK - "Turon" (2:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov fikrlarini bildirib o'tdi.

"G'alabasiz seriyamizdan so'ng bugun muxlislarni xursand etish va kerakli ochkolarni jamg'arib olishni maqsad qilib, bugungi o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik. O'tgan uchrashuvga nisbatan tarkibda qator rotaciyalarga qo'l urdik. Imkon boricha  barcha futbolchilarga doimiy imkoniyat bermoqdamiz. O'ylaymanki, bugun yaxshi o'yin namoyish etib, haqli ravishda g'alaba qozondik. Ayni paytda chempionatda oson o'yinlar qolmagan. Musobaqa jadvali yuqorida sovrinli o'rinlar uchun kurash keskin kechmoqda. Turnir jadvalining quyida ham har bir jamoa ochko uchun qattiq bellashmoqda. Igor Shkvirin boshqaruvidagi" Turon" ham yaxshi jamoa. Ularga kelgusi o'yinlarda omad tilayman.

Bizni buyog'iga ham yanada jiddiy o'yinlar kutmoqda. Kerakli ochkolarni jamg'arish kerak. AGMK kelasi o'yinlarda ham faqat g'alaba uchun maydonga tushib, muxlislarini xursand qilishga astoydil harakat qiladi. Bugungi g'alabani bizni doimo qo'llab-quvvatlaydigan ishqibozlarimizga bag'ishlaymiz",- deydi Mirjalol  Qosimov.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia