Mirabror Usmonov: "Endi hakamlarning olgan baholarini e'lon qilamiz"

Narzulla Saydullayev
1 iyun 2014, 10:09
MOQ va O'FF prezidenti Mirabror Usmonov Namangan shahriga qilgan safari davomida Navbahor futbol klubi rahbariyati, murabbiylar, futbolchilar hamda jamoa muxlislari bilan uchrashgani haqida xabar berdik.
Uchrashuv davomida Usmonov oliy liga hakamlarining o'yinlarda olgan baholari haqida gapirdi.

"Hakamlarning bahosi xususida juda yaxshi taklif bildirildi. Bu haqda gapiradigan bo'lsam, hakamlar bahosini hech kim bilmasligi rost. Keyingi o'yinlardan boshlab hakamlar xujjatidan ko'chirmaga ularni nazoratchi tomonidan qanday bahoga loyiq ko'rilganliklarini ham e'lon qilamiz", - deydi Mirabror Usmonov.

Takidlash lozimki, kechagi "Neftchi" - "Dinamo" uchrashuvini boshqarib borgan hakamlarning baholari PFL rasmiy saytida e'lon qilindi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia