Milinkovich-Savich - bir necha top-klublarning transfer maqsadi

Alisher
18 yanv 2022
"Lacio" yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savich faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin.

Sergeyga "Manchester Yunayted", "Yuventus" va "Inter" klublari qiziqish bildirmoqda.

"Lacio" yarim himoyachini saqlab qolish qiyinligini biladi, shu sabab unga narx qo'ydi. "Burgutlar" serbning sotuvidan 80 mln evro olishmoqchi.

Milinkovich-Savich joriy mavsum 27ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 8ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Sport Witness