“Milan”ning Gattuzo borasida qarori ma'lum bo'ldi

28 may 2019, 09:35
Bu haqda taniqli jurnalist Janluka di Marcio ma'lum qildi.

Unga ko'ra, Jennaro Gattuzo “Milan”ni tark etadi. Bunday qarorga Gattuzo va klub bosh direktori Ivan Gazidis bilan uchrashuvdan so'ng kelingan. Shartnoma ikkala tomonning to'liq roziligi bilan bekor qilinadi. Gattuzo esa 2 yildan keyin yakuniga etadigan shartnomasi bekor bo'lishi uchun beriladigan pulning 90 foizidan voz kechmoqda. Eslatib o'tamiz, avvalroq “Milan”ni sport direktori Leonardo ham tark etishi ma'lum qilingandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Жанлука ди Марцио сайти