"Milan" Negredoni ijaraga olishi mumkin

Aziz Tukhtamuradov
24 avg 2014, 16:24
"Milan" "Manchester Siti" bilan Alvaro Negredo masalasida muzokara olib bormoqda.
Futbolchining o'zi ham "rossonerilar" safiga borib qo'shilishga qarshi emas. U asosiy tarkib uchun kurashda

Edin Jeko, Serxio Aguero va Stefan Yovetichlarga imkoniyatni boy berib qo'ymoqda.

"Milan" futbolchini ijaraga olmoqchi yoki arzonroq narxga sotib olmoqchi.

Ta'kidlab o'tish lozimki, Negredo jarohat sababli oktyabrgacha o'ynay olmaydi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru