Milan – Barselona. Balotelli rossonerilar qaydnomasiga kiritildi

Narzulla Saydullayev
22 okt 2013, 08:51
Milan ustozi Massimiliano Allegri hujumchi Mario Balotelli YCHL 3-turidan o'rin olgan Barselonaga qarshi o'yin qaydnomasiga kiritildi.
Italiya terma jamoasi hujumchisi "Barselona"ga qarshi jarohat tufayli o'ynay olmasligi mumkin.

Darvozabonlar: Ameliya, Koppola, Andrenachchi;
Himoyachilar: Abate, Konstant, Mekses, Silvestre, Zakkardo, Sapata;
Yarim himoyachilar: Birsa, de Yong, Emanuelson, Kaka, Montolivo, Muntari, Nocherino, Poli;
Hujumchilar: Balotelli, Matri, Robino.

Milan – Barselona uchrashuvi 22 oktyabr kuni San-Siro stadionida bo'lib o'tadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru