"Milan" a'zolari koronavirus uchun test topshirishdi

Sherzod Nurmatov
21 may 2020, 01:38
"Milan" futbolchilari koronavirus uchun topshiriladigan testning birinchi bosqichidan o'tishdi.

Football Italia xabariga ko'ra, barcha testlar salbiy natijani ko'rsatgan.

21 may, payshanba kuni "rossonerilar" yana ko'rikdan o'tishadi. Agar natijalar yana salbiy natijani ko'rsatsa, jamoa juma kuni mashg'ulotlarni davom ettiradi.

Ikki oy oldin koronavirus "Milan" direktori Paolo Maldini va uning o'g'li Danielda aniqlangan edi. Aprel oyining boshlarida ularning tuzalgani e'lon qilingandi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Italia