

"Milan" hozirda ijarada o'ynayotgan 3 nafar yarim himoyachisini sotmoqchi. Bu haqda "Football Italia" xabar bermoqda.
"Rossoneri" ro'yxatidan Daniel Maldini ("Monca"), Sharl de Ketelare ("Atalanta") va Aleksis Salemakers ("Bolonya") [suratda] o'rin olgan. Ushbu klublarning har birida o'yinchini sotib olish huquqi mavjud.

"Qizil-qoralar" yarim himoyachilarni jami 40 million evroga sotmoqchi. Agar hozirgi klublari ularni sotib olmasa, "Milan" boshqa variantlarni qidiradi.
Avvalroq "Monca" Maldinini sotib olmoqchi ekani xabar qilingan edi.



