Mesut O'zil: Arsenalning maqsadi YCHL yarim finali yoki finaliga chiqish

Narzulla Saydullayev
8 sen 2013, 17:03
Arsenal yarim himoyachisi Mesut O'zil Realdan ketish sabablarini so'zlab berdi.
Vengerning qo'ng'irog'i menda katta taassurot uyg'otdi. Uning gaplarida Realda menga yetishmayotgan narsalar bor edi: ochiqlik, ishonch va xurmat.

Murabbiy jamoada meni qanday rolda ko'rayotganini, maydondagi qiladigan ishim haqida barchasini aytib berdi.

Transfer miqdorining juda kattaligi menga bosim yuklayaptimi? Yo'q. Transfer miqdori hech nimani o'zgartirmaydi. Men Arsenalga hatto tekinga ham o'tardim.

Mertesaker va Podolski menga Londonga tezroq moslashib olishimga yordam berishlarini aytishdi.

Sovrinlar yutish uchun jamoaga qo'limdan kelgan yordamni beraman. Chempionlar ligasida uzoqroqqa bormoqchimiz. Bizning maqsadimiz – yarim final yoki final, – deydi O'zil.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru