Messi xet-triklar soni bo'yicha Ronalduga yetib oldi

Narzulla Saydullayev
4 mar 2016
Barselona hujumchisi Lionel Messi Ispaniya chempionati 27-turida Rayo Valekanoga qarshi bahsda (5:1) uchta gol urdi.

Argentina terma jamoasi hujumchisi Real vakili Krishtianu Ronalduning natijasini takrorladi. Endi ikkala futbolchi hisobida 35tadan xet-trik mavjud.

Bu mavsumda Messi Ispaniya chempionati 22ta o'yinida 19ta gol urdi va 8ta golli pas oshirdi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/MisterChiping