Messi: "VARdan hali ham yaxshi foydalana olishmayapti"

Aslanov Jasurbek
27 okt 2019, 18:28
"Barselona" va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi VAR (videoassistent) tizimi haqida fikr bildirdi.

"Agar VARni to'g'ri ishlatsa, u hakamlarga qaror qabul qilishda yordam berishi kerak. VARni shubhalarga aniqlik kiritish maqsadida ishga tushirishgan, lekin tizim bu ishni bajarmayapti.

Qarorlar bosh hakam yoki uning yordamchisi tomonidan qabul qilinmoqda va ularning hammasini to'g'ri deb bo'lmaydi.

VAR kerakli texnologiya, ammo undan hali ham yaxshi foydalana olishmayapti" - deydi Messi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: TyC Sports