Messi "Real"ga qancha vaqtdan beri gol urolmayapti?

Sherzod Nurmatov
1 mar 2020, 11:52
Bugun Ispaniya chempionati 26-turidan o'rin olgan markaziy o'yin bo'lib o'tadi. Unda "Real" o'z maydonida "Barselona"ni qabul qiladi.

"Barselona" yetakchisi Lionel Messi 336 daqiqadan buyon "Real"ga gol ura olmayapti. Uning "Real Madrid"ga urgan oxirgi goli 2018 yil 6 mayda qayd etilgan.

Eslatib o'tamiz, Primera jadvalida 55 ochko bilan "Barselona" peshqadamlik qilmoqda, ikkinchi o'rinda esa 53 ochko to'plagan "Real" bormoqda.




O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca