Messi? Argentina terma jamoasining olimpiadaga boradigan tarkibi ma'lum

Khoja
3 iyul 2024
Argentina FF matbuot xizmati Parijga boradigan futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi.

Terma jamoa afsonalari Lionel Messi va Anxel Di Mariya olimpiya o'yinlariga bormaydigan bo'ldi.

Argentina olimpiya terma jamoasini yakuniy ro'yxati bilan tanishing:

Darvozabonlar: Xeronimo Rulli (Ayaks), Leandro Brey (Boka Xuniors).

Himoyachilar: Bruno Amione (Santos Laguna), Markos Di Sezare (Rasing), Nikolas Otamendi (Benfika), Gonsalo Luxan (San-Lorenco), Xoakin Garsiya (Veles), Xulio Soler (Lanus).

Yarim himoyachilar: Santyago Ezze (Olimpiakos), Kristian Medina (Boka Xuniors), Esekel Fernandes (Boka Xuniors), Kevin Zenon (Boka Xuniors), Klaudio Echeverri (River Pleyt), Tyago Almada (Botafogo).

Hujumchilar: Lusiano Gondu (Argentinos Xuniors), Xulian Alvares (Manchester Siti), Juliano Simoene (Atletiko Madrid), Lukas Beltran (Fiorentina).


KhojaMuallif
Manba: championat.com