Mbappe shartnomani uzaytirmasa, PSJ uni sotib yuboradi (Marca)

Eldor Akmurzayev
28 yanv 2021
Kilian Mbappening parijliklar bilan amaldagi kelishuvi 2022 yil yozida tugaydi.

PSJ futbolchini keyingi yil tekinga qo'yib yuborishdan cho'chimoqda va shu tufayli Mbappega yangi shartnoma taklif etdi. Biroq, fransiyalik qaror qabul qilishga shoshilmayapti. Agar bitim amalga oshmaydigan bo'lsa, klub uni sotish variantini ko'rib chiqadi. 22 yoshli forvardga “Real" va “Liverpul” qiziqmoqda.

Transfermarkt esa Kilianning narxini 180 mln evroga baholamoqda.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Marca