

Bu haqda "qirollik klubi" matbuot xizmati xabar berdi. "Qaymoqranglilar" dastlabki o'yin uchun qaydnomasini ma'lum qildi. Unga hujumchi Kilian Mbappe, yarim himoyachi Federiko Valverde, darvozabon Tibo Kurtua va himoyachi Xesus Valexo kiritilmadi. Ma'lum bo'lishicha, Mbappe tishi olib tashlangani sababli o'yinda ishtirok etmaydi. Jamoa ustozi Karlo Anchelotti francuzga dam berishga qaror qildi.
"Real Sosedad" - "Real" uchrashuvi bugun, 26 fevral kuni San-Sebastyanda bo'lib o'tadi.


