Mauricio Sarri "Atletiko" bilan o'yindan oldin nimalar dedi?

Alisher
18 sen 2019, 18:50
"Yuventus" bosh murabbiyi Mauricio Sarri CHL 1-tur doirasidagi "Atletiko"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Biz "Yuventus"miz. Shunday ekan maydonga chiqar ekanmiz, faqat g'alaba haqida o'ylaymiz. Hozirgi vaqta Italiya jamoalari Chempionlar ligasi uchun favorit deb ayta olmayman.

"Atletiko" - CHLda g'olib chiqishga qodir bo'lgan jamoalardandir. Jamoa bosh qahramoni Antuan Grizmanni yo'qotdi.

Ammo, Joau Feliksdek iqtidor sotib olindi. Bundan tashqari, Saulni ham etirof etish darkor", - deydi Sarri.

Eslatib o'tamiz, "Atletiko" va "Yuventus" klublari o'rtasidagi o'yin bugun Toshkent vaqti bilan soat 23:55da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: juventus.com