

Mankunianlar birinchi uchrashuvni 12 sentyabr kuni "Old Trafford"da "Bazel"ga qarshi o'tkazadi.
"Chempionlar ligasi - Yevropaning kuchli jamoalariga qarshi o'ynash imkoniyatini beradigan, muhim turnir. Hayajondaman. "Old Trafford"dagi 70 ming muxlis qarshisida o'ynash yoqimli. Biz uchun ajoyib kecha va yaxshi natija bo'ladi deb umid qilaman.
Butun Yevropaning futbolini kuzatib boraman. "Benfika" safida "Bazel"ga qarshi o'ynaganman. Bu qiyin raqib ekanligini bilaman. Guruhimizda yaxshi jamoalar bor. Biz guruhda birinchi bo'lishimiz uchun yaxshigina kuch sarflashimiz kerak" - deydi Matich.



