Massimiliano Allegri: "Milan" ham hujum, ham himoya ustida ishlashi kerak"

Tolibjon Qosimov
26 sen 2013, 11:48
"Milan" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Italiya chempionati 5-turidan o'rin olgan "Bolonya"ga qarshi o'yini borasidagi fikrlarini bildirdi.
Uning takidlashicha, jamoada hujum va himoya chizig'ida qilinadigan ishlar etarlicha.

"Mening o'yindan qoniqish hosil qilgan qilmaganim haqida so'rashning o'zi bemanilik. Yaxshiyamki o'yin durang natija bilan yakun topdi. Axir hammasi bundan ancha yomonroq ham bo'lishi mumkin edi. Ayrim holatlarda "Milan" yaxshi o'yin ko'rsatdi. Biroq o'yindagi ustunlikni hisobda aks ettira olamadi. Biz himoya ustida ham, hujum borasida ham hali ko'p ishlashimiz kerak", deya Allegri so'zlaridan Football Italia iqtibos keltirmoqda.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru