"Mashal" Yangiyerda shug'ullanmoqda, tarkibda yangilar bor

Narzulla Saydullayev
6 yanv 2014, 08:00
Muborakliklar kechadan ikkinchi yig'inga kirishdi.
Bosh murabbiy Aleksandr Xomyakov futbolchilarni Yangiyerdagi bazaga yig'di. Mashg'ulotlar kuniga ikki mahaldan o'tkazilmoqda.

Tarkibda o'zgarishlar uchrab turibdi. Xususan Oybek Polvonovga javob berildi. Yangi kelib qo'shilganlar ham bor albatta. "Qizilqum"dan darvozabon Ravshan Mehmonov kelgan. Oxirgi yillarda "Paxtakor-2" tarkibida o'ynab kelayotgan Bekzod Mirhaydarov ham "gazchilar" yig'inida ishtirok eta boshladi.

Shuningdek, o'tgan mavsum "Navbahor"da xarakat qilgan va oxirgi paytda "Qo'qon-1912" yig'inida qatnashgan Sobir Hamidov ham bugun muborakliklarning mashg'ulotlariga kelib qo'shilgan. "Sho'rtan"dan esa Jamshid Shodiev kelganligi to'g'risida ma'lumotlar bor.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia