Bu yig'in ham Yangiyerda boshlandi va 3 fevralgacha davom etadi. Bu galgi mashg'ulotlar asosan texnikaga va amaliyotga qaratiladi. Shu bois beshta nazorat bahsi bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Birinchi nazorat bahsini 25 yanvar kuni "Oq-tepa" stadionida "Andijon"ga qarshi bo'lib o'tadi. Undan tashqari yana bir necha o'rtoqlik uchrashuvlari rejalashtirilgan bo'lib bular haqida rasmiy saytimizda ma'lumot berib boramiz.
Ayni damda boshlangan mashg'ulotlarimizga rossiyalik legioner Vladislav Ivanov ham kelib qo'shildi va jamoa bilan birga shug'ullanmoqda. Jamoamiz mashg'ulotlarida ishtirok etgan Sharif Mirzaev va Obid Mamatov navbatdagi yig'inimizga jalb etilmadi. Undan tashqari Shohjahon Qilichev, Maqsud Mahmudov, Sardor Abduraimov ham o'rinbosarlar tarkibiga o'tkazildi va bu jamoa Qashqadaryodagi "Hokim kubogi-2015"da ishtirok etadi. Tarkibda boshqa o'zgarishlar bo'lmagan.