"Mashal": "So'g'diyona" bilan o'yin Zominda bo'ladi

30 apr 2015, 11:11
"Mashal" Oliy liganing navbatdagi turida Jizzaxning "So'g'diyona" klubi mehmoni bo'ladi.
O'z uy uchrashuvlarini Yangiyerda o'tkazib kelayotgan "So'g'diyona" "Mashal"ga qarshi o'yinni Zomindagi markaziy o'yingohda o'tkazishga qaror qildi.

Demak, Oliy liganing 7-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Mashal" o'yini 2 may kuni Zomin shahridagi markaziy maydonda boshlanadi. Bu bahsning boshlanish vaqtlari ham ma'lum bo'ldi. Unga ko'ra asosiy tarkib jamoalari bahsi 16:30 da start oladi. Uchrashuvni Murod Muhamedov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi.

Ertaga jamoa yoshlari esa G'allaoroldagi o'yingohda tur bahsini o'tkazishadi. Bu o'yin esa 16:00 da start oladi.

Manba: fcmashal.uz