Martino Gvardiolaning rekordini yangilay olmadi

Narzulla Saydullayev
27 noya 2013, 13:10
"Barselona" ustozi Xerardo Martino Xosep Gvardiolaning rekordini yangilay olmadi.
Pep 2011/12 yilgi mavsumning dastlabki 21ta o'yinida mag'lub bo'lmagandi. Martinoning mag'lubiyatsiz seriyasi 20ta o'yinligicha qoldi. Kecha klub "Ayaks"ga imkoniyatni boy berib qo'ydi.

Qizig'i Martino va Gvardiolaning  mag'lubiyatlari bir kunga to'g'ri keldi. 2011 yil 26 noyabr kuni "Barselona" "Xetafe"ga mag'lub bo'lgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru