Marselo: "Real"dan ketishni xohlamayman"

Tolibjon Qosimov
2 may 2020, 23:17
Madridning "Real" klubi himoyachisi Marselo tez orada jamoani tark etishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.

"Ancha vaqtdan beri "Yuventus" bilan shartnoma imzolashim haqida eshityapman. Odamlar juda ko'p narsalarni o'ylab topishadi. "Real"dan ketishni xohlamayman va klub meni sotadi deb o'ylamayman. Bu yerda menga hammasi maqul. Boshqa jamoalar menga qiziqish bildirayotgani yoqimli, lekin "Yuventus" haqida hech narsa bilmayman", - dedi Marselo instagramdagi to'g'ridan-to'g'ri efir paytida.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: instagram.com/marcelotwelve