Marselo: "Messi men to'qnash kelgan eng qiyin raqib"

Administrator
26 mar 2023
Futbolchi Leo Messi haqida gapirdi.

"Real Madrid" sobiq futbolchisi Marselo Lionel Messini ajoyib futbolchi deb atadi.

"Messi ajoyib o'yinchi. U men butun faoliyatim davomida to'qnash kelgan eng qiyin raqib. Messining 35 yoshida qanday darajada o'yin ko'rsatayotganini ko'rib turibmiz. Oldin ham aynan shunday edi.

El Klasiko – tomosha qilish yoki ishtirok etish mumkin bo'lgan eng zo'r uchrashuvlardan biri. Bu to'qnashuvning eng qaynoq davrlarida ishtirok etish baxti menga nasib qilgan. U yerda faqat Messi emas, balki boshqa super o'yinchilar ham bo'lgan", -deydi Marselo.


AdministratorMuallif
Manba: The Athletic