Marselo jarohati bois "Betis"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi

Alisher
26 sen 2020, 18:11
"Real" himoyachisi Ispaniya chempionati 3-tur doirasidagi "Betis"ga qarshi o'yinda ishtirok etmaydi.

Braziliyalik futbolchi Zinedin Zidan jamoasi qaydnomasiga kiritilgan edi, ammo u so'nggi lahzalarda o'zini yomon his qildi.

32 yoshli himoyachi "Real"da 2007 yildan beri o'ynaydi, u "Fluminense"dan 6,5 million evro evaziga o'tgandi.

Eslatib o'tamiz, Ispaniya chempionati 3-tur doirasidagi "Betis" - "Real" o'yini ertaga bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: realmadrid.com