Marselo "Barselona" muxlislarining jig'iga tegdi

Mirjalol Normatov
12 apr 2018
"Real" himoyachisi Marselo YCHL 1/4 finali doirasida "Yuventus"ga (1:3) qarshi uchrashuvdan keyingi fikrlarini bildirdi.

"Biz "Barselona" qila olmaydigan ishni qildik. Chunki biz "Real Madrid"miz.

Jamoaga kelganimdan buyon oxirigacha o'ynash va ishonish kerakligini o'rgatishgan. Penalti bor edi", - dedi Marselo.

Eslatib o'tamiz, "Barselona" YCHL chorak finalida "Roma"ga mag'lub bo'ldi va turnirni tark etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Le 10 Sport