Marselo: "Azar - ajoyib, ammo Neymar kuchliroq"

Alisher
20 iyul 2019
"Real" himoyachisi Marselo o'zining yangi jamoadoshi Eden Azar va terma jamoadagi sherigi Neymarni taqqosladi.

"Azar ajoyib. Unda yaxshigina tezlik va texnika bor. Menimcha u top-5ga kiradi. Eden Neymarga ham o'xshaydi. Ammo siz mendan ularning birini tanlashni so'rasangiz Neymar kuchliroq o'yinchi degan bo'lardim. Unga qarshi himoyalanish imkonsiz", - deydi Marselo.

Marselo yakunlangan mavsum "Real"da 34ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 3ta assistga erishgan.

Marselo 2007 yildan buyon "Real" tarkibida harakat qilib qilmoqda.


AlisherMuallif
Manba: Da Sola