Markos Lorente: "Real"dagilar menga shu klubda o'ynashimni aytishdi"

Aslanov Jasurbek
3 iyul 2017, 18:14
"Real" yarim himoyachisi Markos Lorentening ma'lum qilishicha, u kelasi mavsum ispan grandi sharafini himoya qiladi.

So'nggi mavsum u ijara asosida "Alaves" sharafini himoya qildi.

"Real" rahbariyati bilan suhbatlashdim. "Alaves"dagi ijaram yakunlandi, endi "Real" bilan shartnomam bor. Jamoa bilan AQSHdagi yig'inga yo'l olaman. Doimo "Real"da muvaffaqiyatga erishishni istaganman. "Real"dagilar boshqa klubga ijaraga berilishim haqida aytishmadi. Jamoada dunyoning eng zo'rlari to'p tepadi va menga oson bo'lmaydi. Biroq aynan shu uchun klubdaman. "Real"dagilar menga shu klubda o'ynashimni aytishdi" - deydi Lorente.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca