Marko Roys: "Borussiya"da qolishga qaror qilganimdan mamnunman"

Aziz Tukhtamuradov
10 fev 2015, 21:17
Dortmundning Borussiya jamoasi futbolchisi Marko Roys klub bilan shartnomasini uzaytirganidan so'ng o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

"Borussiya"da qolishga qaror qilganimdan xursandman.

Dortmund - mening ona shahrim. "Borussiya" esa mening jamoam. Bu yerda o'zimni juda yaxshi his qilaman.

Umid qilamanki, jamoa bilan muvaffaqiyatlarga erishamiz. Oldimizda ko'plab ishlar turibdi", - deydi Roys.

Eslatib o'tamiz, futbolchi va klub o'rtasidagi yangi shartnoma endilikda 2019 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru