Qarshining "Nasaf" va Toshkentning "Bunyodkor" klublari ketma-ket ikkinchi marta finalda maydonga tushishadi. O'tgan mavsumda "qaldirg'ochlar" raqibni yirik hisobda taslim qilishgandi - 3:0.
Bu yilgi finalda diskvalifikaciya tufayli "Nasaf" himoyachisi Maqsud Karimov ishtirok eta olmaydi. Himoyachi kecha bo'lib o'tgan "Paxtakor"ga qarshi o'yinda qizil kartochka oldi. PFL reglamentiga ko'ra chempionatda qizil kartochka olgan futbolchi keyingi o'yin kubok bahsiga to'g'ri kelsa o'sha o'yinni o'tkazib yuboradi.
Demak, Ro'ziqul Berdiev markaziy himoyachisini maydonga tushira olmaydi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston kubogi finali 25 sentyabr kuni "Paxtakor" stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv soat 18:00ga belgilangan.