Manjukich Osiyo klubiga o'tishga yaqin

Alisher
21 dek 2019, 10:40
"Yuventus" hujumchisi Mario Manjukich qishki transferlar oynasida jamoadan ketishga yaqin.

Bu haqda italiyalik jurnalist Janluka di Marcio xabar bermoqda.

33 yoshli xorvatiyalik futbolchi Qatar klublaridan biriga o'tishga yaqin turibdi. Marioning o'zi ham faoliyatini Osiyoda davom ettirishni xohlamoqda.

Xabarda keltirilishicha, Manjukich yakshanba kunigacha Qatar klubiga yakuniy javobni berishi kerak.

Eslatib o'tamiz, futbolchi joriy mavsum "Yuventus" tarkibida umuman maydonga tushmadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal