

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, senegallik futbolchi Myunxen klubi bilan uch yillik shartnoma borasida kelishuvga erishdi.
Klublar ayni damda transfer borasida kelishuvga erishishga yaqinlar. Bitim narxi 35 million evroni tashkil etishi mumkin. "Liverpul" kelajakda bonuslar hisobiga 5 million evro olishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Mane ushbu transfer oynasida kutilmaganda "Liverpul"dan kyetishga qaror qildi.



