Manchini vada berdi

Mirjalol Normatov
15 may 2018, 21:45
Italiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Roberto Manchini kelajakdagi rejalari haqida gapirdi.

"Italiya termasining JCHga chiqa olmagan o'yinini ko'rgan italiyalik muxlislar buni qabul qilishi qiyin bo'ldi. Har bir murabbiy Italiya termasi boshqaruvini o'z qo'liga olishni istaydi deb o'ylayman.

Italiya termasini yana oldingi holatiga qaytarish va raqobatbardosh jamoaga olib chiqish uchun terma boshqaruvini o'z qo'limga oldim. Millatlar ligasida yaxshi natija qayd etish - asosiy maqsadimiz.

Umid qilamanki, qilinajak mehnatlarimiz zoe kyetmaydi va Italiya termasining saviyasi ko'tariladi", - dedi Manchini.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Italia