Manchini: "Inter" barcha golda "Volfsburg"ga yordam berdi"

Aslanov Jasurbek
13 mar 2015, 12:12
"Inter" bosh murabbiyi Roberto Manchini "Volfsburg"ga qarshi uchrashuvda (1:3) o'z shogirdlarining harakatidan g'azablanganini ma'lum qildi.
"O'yinni yaxshi boshladik. Jamoamiz sifatli futbol namoyish etayotgandi, ammo keyin uchrashuvdagi ustunlikni raqibga topshirib qo'ydi. Natijadan jahlim chiqdi, chunki raqibning gollariga biz yordam berdik. "Inter" bu gollardan hech birini o'tkazib yubormasligi kerak edi. Javob uchrashuvida xato qilishga haqqimiz yo'q" - deydi Manchini.

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com