Manchini "Galatasaroy"da uch yilda 20 million evro maosh olmoqchi edi

Tolibjon Qosimov
28 sen 2013, 13:58
Turkiyaning "Galatasaroy" va italiyalik murabbiy Roberto Manchini o'rtasidagi muzokaralar to'xtatildi.
Bunga sabab 48 yoshli murabbiy Istanbul klubida uch yilda jami 20 million maosh olishni istaganidir, deb xabar bermoqda Turkiya matbuoti.

Ayni paytda "Galatasaroy" bosh murabbiyligiga asosiy nomzod sifatida Roberto Di Matteo ko'rilmoqda.

Eslatib o'tamiz, 24 sentyabr kuni "Galatasaroy" rahbariyati Fotix Terimni ishdan bo'shatdi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com