"Manchester Yunayted" va "Chelsi" Varanga qiziqmoqda

Alisher
30 apr 2021, 18:01
"Real" himoyachisi Rafael Varan faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

Shartnomasi 2022 yilning iyunida yakunlanadigan 28 yoshli fransiyalik futbolchi Madrid klubi bilan bitimni uzaytirish borasida kelishuvga erisha olmadi.

Agar tomonlar kelisha olishmasa, o'yinchi yozda klubdan ketishi mumkin. "Manchester Yunayted" va "Chelsi" Varanning agenti bilan muzokaralarni boshlashdi.

Varan joriy mavsum "Real" safida 39ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira