"Manchester Yunayted" Ronalduni ijaraga berishga tayyor

Mirjalol Normatov
24 iyul 2022, 11:48
"Manchester Yunayted" hujumchi Krishtianu Ronaldu bilan xayrlashishga tayyor.

"The Mirror" xabariga ko'ra, "qizil iblislar" 37 yoshli futbolchini sotib yubormoqchi emas. O'z navbatida u bilan shartnomani 2024 yilga qadar uzaytirish niyatida. Shundan keyin MYU Ronalduni bir mavsum ijaraga berishga tayyor bo'ladi. Klub rahbariyati jamoaning 2023/24 yilgi mavsumda YCHLda qatnashishiga ishonmoqda.

Oldinroq Ronalduning "Atletiko"ga o'tishga yaqin turgani, futbolchining o'zi ham bunga roziligi borasida ma'lumotlar berilgandi.

Ronaldu o'tgan mavsum mankunianliklar tarkibida barcha turnirlarda 37 o'yinda qatnashib, 24 gol va 3 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Mirror