"Manchester Yunayted" Reshfordning maoshini 3 karra oshirmoqchi

Mirjalol Normatov
6 fev 2019, 23:03
"Manchester Yunayted" futbolchisi Markus Reshford "Real"ga o'tishi mumkin edi.

Joze Mourinyo "Yunayted"ni boshqarayotgan vaqtda kam o'yin amaliyotiga ega bo'lib, o'zini ko'rsata olmagan Reshford "Real" bilan muzokaralar olib borgandi.

Oldinroq mankunianliklar rahbariyati futbolchini o'zida saqlab qolishi uchun maoshini ikki karra oshirmoqchi ekanligi borasida ma'lumotlar berilgandi. Endilikda uning maoshi uch karra oshirilib, haftasiga 430 ming funt sterlingni tashkil qilishi mumkin.

Reshfordning hozirgi maoshi 2020 yilning yoziga qadar davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal.com