"Manchester Yunayted" Maguayrga o'rinbosar qidirmoqda

Оқил Абдубарноев
28 sen 2022, 20:29
Xarri Maguayrning o'yini muntazam ravishda tanqidlarga duch kelmoqda.

"Manchester Yunayted" bu vaziyatda markaziy himoyachi sotib olish uchun transfer bozorini o'rganishga majbur. 

Manbaning xabariga ko'ra, "qizil iblislar" "Ayaks" futbolchisi Yurren Timberga e'tibor qaratmoqda.

Aytish joizki, yozgi transfer oynasida “Manchester Yunayted” birato'la “Ayaks”dan ikki futbolchi – Lisandro Martines va Antoni transferini amalga oshirdi. Katta ehtimol bilan “qizil iblislar” yana Amstyerdam klubi bilan bog'lanishadi.

Yurren Timberning transferi ham MYUga ancha qimmatga tushadi - 21 yoshli himoyachi 45 million evroga baholangan. "Ayaks" esa ko'prog'ini talab qilishi, shubhasiz.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: CalcioMercato