

MYU mersisaydlar bilan 75 mln. funtlik transfer borasida kelishuvga erishdi. Shu sababli, "Yunayted" "Real" forvardi Alvaro Moratani sotib olish fikridan voz kechishi mumkin.
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo Lukaku jamoaga klub AQSHda bo'lib o'tadigan turnega ketishidan oldin qo'shilishiga umid qilmoqda.
Lukakuning agenti Mino Rayola hisoblanadi. O'tgan yozda mankunianlar ushbu agentning uch mijozi - Pol Pogba, Zlatan Ibragimovich va Genrix Mxitaryan bilan shartnoma tuzgan edi.



