"Manchester Yunayted" Lingardni ijaraga berib yuboradi

Alisher
24 yanv 2021, 18:51
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Jessi Lingard qishki transferlar oynasi so'nggiga qadar klubni tark etadi.

Ole Gunnar Sulsher dastlab Lingardni jamoada zaxira o'yinchisi sifatida saqlab olmoqchi edi, ammo norvegiyalik mutaxassisning fikri o'yinchiga boshqa klublar, jumladan xorij jamoalari qiziqayotganidan so'ng o'zgardi.

Jessini ijaraga berib yuborishga qaror qilindi. Lingard joriy mavsum maydonda 3ta o'yinda 179 daqiqa harakat qildi.

28 yoshli o'yinchi Premer-ligada joriy mavsumda o'ynamadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ESPN