“Manchester Yunayted” “Inter”ga: “85 mln funt to'lab qo'ying yoki Lukaku transferi haqida unuting!”

12 iyul 2019, 09:58
Inglizlar Milan klubiga aniq javob berdi.

Tomonlar Romelu Lukaku transferi yuzasidan rasman muzokara olib borgan. “Yunayted” Lukakuni 85 mln funtdan kamiga sotmasligini “Inter” vakillariga ma'lum qilgan. Agar “Manchester Yunayted” Lukakuni mazkur mablag' evaziga sotsa, shundan 5 mln evrosi “Everton” hisobiga o'tadi.

“Inter” esa futbolchini keyinchalik 65 mln funtga sotib olish sharti bilan ijaraga olishni xohlamoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Calciomercato