Manchester Yunayted Donnarummaga qiziqib qolgan

Aziz Tukhtamuradov
28 mar 2016, 21:50
Manchester Yunayted Milan darvozaboni Janluiji Donnarummaga qiziqmoqda.

Ma'lum bo'lishicha, manchesterliklar 17 yoshli posbonni De Xeaning o'rniga harid qilmoqchilar. Ispaniyalik darvozabon yozda "Real" yoki PSJga yo'l olishi mumkin.

Donnarummaga shuningdek, "Manchester Siti", "Barselona" va "Real" kabi jamoalar tomonidan qiziqish bo'lmoqda.

Avvalroq esa, milanliklar darvozabon uchun 40 million evro so'rayotganliklari haqida xabarlar tarqalgandi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Football Italia