"Manchester Yunayted" Roxo uchun 20 million evro va Nanini ijaraga berishga tayyor

19 avg 2014, 00:14
"Sporting" va "Manchester Yunayted" jamoalari argentinalik himoyachi Roxoning transferi borasida kelishuvga erishishdi.

"Qizil iblislar" argentina himoyachi Roxo uchun 20 million evro va nanini "Sporting"ga ijaraga berishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Roxo ertaga kechki payt Manchesterga yo'l oladi va klub bilan 4 yillik shartnomaga imzo chekishi kutilmoqda. Nani esa Lissabonga yo'l olishi kutilmoqda.