"Manchester Yunayted" 363 million funt qiymatiga teng rekord darajadagi daromad haqida ma'lum qildi

Tolibjon Qosimov
18 sen 2013, 21:00
"Manchester Yunayted" futbol klubi 2012 yilning iyunidan 2013 yilga qadar klub moliyaviy jihatdan rekord darajadagi ko'rsatgich qayd etganini ma'lum qildi.

Klub daromadi o'sha muddat davomida 363 million funtni tashkil qilgan. Sof foyda esa 146 million funt deb baholanyapti.

Bunday yuqori darajadagi daromad klubning homiylik shartnomalari, atributkalar savdosi va klub savdo belgisi bilan chiqarilayotgan mahsulotlar orqali kelib tushgan.

"Biz bunday natijalar bilan faxrlanamiz. Bizning marketing sohasidagi faoliyatimiz klub rivoji yo'lida ishlayotgan kuchli mexanizm bo'lib qolmoqda. Bu esa jamoa muvoffaqiyatiga ko'mak beryapti", dedi "Manchester Yunayted" vice-prezidenti Ed Vudvard.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru